Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xitoy boylarni davlat farovonligi uchun pul ajratishga majbur qildi

Xitoy boylarni davlat farovonligi uchun pul ajratishga majbur qildi

Foto: «Newsae.ru»

Xitoylik yetti milliarder xayriya ishlariga 5 milliard dollar ajratdi, deya xabar berdi Bloomberg.

Moliyaviy ko‘makning ko‘payishi Xitoy rahbari Si Szinpinning «umumiy farovonlik» haqidagi so‘nggi chiqishlari bilan bir paytga to‘g‘ri keldi. Bu mamlakat aholisi orasida tabaqalanishni kamaytirishga qaratilgan.

17-avgust kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda hukumat «ortiqcha daromadlarni oqilona to‘g‘rilash hamda badavlat odamlar va kompaniyalarni jamiyatga ko‘proq pul berishga undashi» kerakligini ma’lum qildi.

«Ommaviy yordam» g‘oyasi, davlat ommaviy axborot vositalariga ko‘ra, mamlakatning eng boy odamlarini mamlakat foydasi uchun pullarining bir qismini berishga majburlaydigan axloqiy talablar va ijtimoiy umidlarga asoslanadi.

2021-yil uchun to‘lovlar 2020-yil uchun berilgan 27 milliard yuandan (4,2 milliard dollar) 20 foizga ko‘pdir. To‘liq miqdor bundan ham yuqori: kompaniyalar va badavlat taniqli shaxslar Xenan provinsiyasidagi suv toshqinlarini nazorat qilish uchun 600 million dollardan ko‘proq mablag‘ qo‘shdilar.

Texnologik gigantlar, shuningdek, korporativ daromadlarni xayriya loyihalariga o‘tkazishga va’da berishdi. Tencent kompaniyasi o‘zining ijtimoiy javobgarlik dasturiga 15 milliard dollar sarmoya ajratmoqchi, Pinduoduo esa fermerlarni qo‘llab-quvvatlash uchun 1,5 milliard dollar xayriya qildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring