Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xitoy AQShni nodir metallar bilan siquvga olmoqchi

Xitoy AQShni nodir metallar bilan siquvga olmoqchi

Foto: «Politexpert»

AQSh bilan tobora avjiga chiqib borayotgan savdo urushida strategik muhim ahamiyatga ega nodir metallar Xitoyning ustunligini ta’minlashi mumkin. Bu haqda «Ren-TV» xabar bermoqda.

Yaqinda XXR raisi Si Szinpin nodir metallar zavodida bo‘ldi. Xitoy matbuoti bu tashrif Vashington uchun ogohlik qo‘ng‘irog‘i vazifasini bajargani haqida yozdi.

Si Szinpinning tashrifidan so‘ng Xitoydagi nodir metallar ishlab chiqaruvchilarning aksiyalari bahosi oshib ketdi.

Ta’kidlash o‘rinliki, bu xildagi metallar yuqori texnologiyali sohalar, xususan, eng zamonaviy qurollarni ishlab chiqarishda qo‘llaniladi.

Bu masalada xitoyliklarsiz AQShning «kuni o‘tishi» dargumon, negaki, global bozorning kamyob metallga bo‘lgan talabini 71 foizga Xitoy ta’minlab kelmoqda.

Eng qizig‘i, Xitoyning minglab tovarlariga boj joriy etgan AQSh negadir uning metallarini «unutgan».

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring