AQSh Somaliga havo hujumi uyushtirdi
AQSh qurolli kuchlari Afrika qo‘mondonligi (AFRICOM) Somali janubidagi «ash-Shabob» terrorchi guruhiga qarshi uyushtirgan havo hujumi tufayli 10 nafar jangari yo‘q qilindi. Bu haqda «Anado‘lu» axborot agentligi xabar bermoqda.
AFRICOM bergan bayonotga ko‘ra, terrorizmga qarshi kurashish doirasida Somali hukumati bilan kelishilgan tarzda Mogadisho shahridan 20 kilometr janubi-g‘arbidagi «ash-Shabob» guruhiga tegishli pistirmaga havo zarbalari berilgan.
Bayonotda 10 nafar jangari yo‘q qilingani aytilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter