Frankfurtda ikkinchi jahon urushidan qolgan bomba portlatildi (video)
Germaniyaning Frankfurt shahrida ikkinchi jahon urushidan qolgan bomba portlatildi. Mayn daryosi tubida bomba topilgandan so‘ng avval yon-atrofdagi uylardan 600 kishi evakuatsiya qilindi.
So‘ngra mutaxassislar bombani portlatishga kirishdilar. Rejaga ko‘ra portlash yakshanba kuni, suv tagida amalga oshirildi.
Politsiya tomonidan xabar qilinishicha, bomba endi shaharga xavf solmaydi. Undan hech narsa qolmagan. Bu bomba ikkinchi jahon urushi vaqtida Amerika harbiylari tomonidan tashlangan bo‘lib, o‘sha vaqtda portlamay qolgan.
250 kilogrammlik bomba qutqaruvchilar suv ostida o‘tkazayotgan dayving mashg‘uloti vaqtida topilgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter