Venesuelada qo‘shhokimiyatchilik: muxolifatchi liderni prezident sifatida tan olishmoqda
Ayni vaqtda Venesuelada mavjud hokimiyatga qarshi yirik namoyishlar bo‘lib o‘tmoqda. «La Prense de Lara» nashrining xabar berishicha, Portuges, Barinas, Tachira, Karakas, Amasonas, Bolivar shtatlaridagi to‘qnashuvlarda 16 kishi halok bo‘lgan.
Mamlakat muxolifati lideri Xuan Guaido o‘zini vaqtinchalik prezident deya e’lon qilgan va AQSh, Kanada, Argentina, Braziliya, Chili, Kolumbiya, Kosta-Rika, Gvatemala, Gonduras, Panama, Paragvay, Peru kabi davlatlar uni tan olishga ham ulgurgan.
Xuan Guaido namoyishlarda halok bo‘lgan fuqarolarning oila a’zolariga hamdardlik bildirgan.
Amaldagi prezident Nikolas Maduro hokimiyatga kelgandan beri mamlakat iqtisodiy qiyinchiliklar girdobida qolgan. O‘tgan yili avgust oyida unga qarshi suiqasd ham uyushtirilgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter