Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Venesuela chegarasida 25 kishi halok bo‘ldi

Venesuela chegarasida 25 kishi halok bo‘ldi

Foto: «Delo.ua»

Bolivar shtatining (Venesuela) Braziliya bilan chegaradosh qismidagi tartibsizliklar oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘ldi. Bu haqda Venesuela muxolif parlamenti deputati Romel Gusman bayonot berdi.

Deputatning ma’lum qilishicha, harbiylar chegara orqali insonparvarlik yordami o‘tkazilishiga ko‘maklashmoqchi bo‘lgan 25 kishini otib tashlagan.

Braziliyaning Pakarayma shahrida politsiya Nikolas Maduroga qarshi kuchlar bilan to‘qnashuvda ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz qo‘llagan.

Xabarlarga ko‘ra, Kolumbiyaning Venesuelaga chegaradosh Kukuta shahridagi to‘qnashuvlarda jabrlanganlar soni 285 nafarga yetgan, ularning 35 nafari shifoxonalarga yotqizilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring