Venadagi saroy portlash xavfi tufayli qurshab olindi
Vena politsiyasi bomba haqidagi xabar tufayli Xofburg imperator saroyini evakuatsiya qildi, deya xabar berdi poytaxt politsiyasi «Twitter»da.
Bundan tashqari, Xofburgda Avstriya prezidentining qarorgohi joylashgan.
«Ayni vaqtda Ichki shaharda (Venaning markaziy hududi) katta operatsiya ishlari amalga oshirilmoqda. Xofburg atrofidagi hudud qurshovga olinib, evakuatsiya qilinmoqda», — deyiladi xabarda.
«Bomba o‘rnatilganligi haqidagi tahdid kelganidan so‘ng hamkasblarimiz voqea joyida hududni tekshiryapti», — dedi politsiya xodimi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter