Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mudofaa vaziri Ukraina urushda qancha askar yo‘qotgani haqida gapirdi

Mudofaa vaziri Ukraina urushda qancha askar yo‘qotgani haqida gapirdi

Ukraina Mudofaa vaziri Oleksiy Reznikov mamlakat Qurolli kuchlarining Rossiya bilan urushda halok bo‘lgan askarlari soni haqida gapirdi.

Uning aytishicha, ukrainalik harbiylar orasidagi yo‘qotish Turkiyadagi zilzilasidan ko‘ra kamroq. Bu haqda u Ispaniyaning «La Razon» gazetasiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, Ukrainada qurbonlari bor, ammo ular «Rossiyanikidan juda kam».

Ukraina tomoni rasmiy darajada halok bo‘lganlarning aniq sonini oshkor etmayapti.

O‘z navbatida Rossiya tomoni ham qurbonlar bo‘yicha raqamlarni ochiqlaganicha yo‘q. Faqatgina sentyabr oyida mudofaa vaziri Sergey Shoygu olti mingdan ziyod qurbon borligi haqida gapirgandi. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiyada joriy yilning fevral oyi boshida ro‘y bergan dahshatli zilzila natijasida 50 399 kishi halok bo‘lgani xabar qilingandi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring