Vashingtonda samolyot halokatga uchradi

AQSh poytaxti Vashingtonda havoda harbiy vertolyot bilan to‘qnashgan samolyot Potomak daryosiga quladi. Jahon axborot agentliklari xabariga ko‘ra, aviahalokat Oq uy va Kapitoliydan to‘rt kilometr janubda, Ronald Reygan nomidagi aeroport yaqinida sodir bo‘lgan.
Voqea joyida qutqaruvchilar ishlamoqda. Yo‘lovchilarga nima bo‘lgani haqida hozircha xabar yo‘q.
Aeroport reyslarni qabul qilish va jo‘natishni vaqtincha to‘xtatgan.
Reuters agentligi senator Jerri Moranga asoslanib xabar berishicha, qulagan samolyot Kanzas shtatidan uchib kelgan bo‘lgan. Keyinroq Fuqaro aviatsiyasi federal agentligi (FAA) samolyot reys bo‘yicha uchuvchi layner bo‘lganini tasdiqladi.
Samolyot yo‘lovchilari ro‘yxatida 60 kishi bo‘lgan, bu haqda Reuters American Airlines aviakompaniyasiga asoslanib xabar berdi.
Vertolyotga nima bo‘lgani haqida xabar yo‘q.
To‘ldirilgan xabar!
Samolyot bortida 60 yo‘lovchi va 4 nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan. Hozircha aviahalokatdan 4 kishi omon qolgani ma’lum, ular shifoxonaga jo‘natilgan, deyiladi NBC xabarida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter