Braziliyada itlar syorfing bo‘yicha chempionatda ishtirok etishdi (video)

Braziliyada itlar uchun syorfing bo‘yicha chempionat o‘tkazildi. 26 ta havaskor syorfingchilar jamoasi va ularning to‘rt oyoqli do‘stlari to‘lqinlarda bellashdilar, deyiladi TSN xabarida.
Yangi o‘rganuvchi jonivorlarga xavfsizlik uchun qutqaruv jiletlari berildi. Tajribali dumli syorfingchilar ularsiz raqobatlashdi.
Pirovard natijada Parafina ismli it musobaqa chempioniga aylandi. It o‘z egasi bilan birga allaqachon jahon chempionatlarida qatnashgan va hatto mukofotlarga sazovor bo‘lgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter