Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Uyida dam olayotgan erkakning ustiga ayiq bostirib keldi (video)

Uyida dam olayotgan erkakning ustiga ayiq bostirib keldi (video)

Videodan kadr.

AQShda amerikalik erkak stulda dam olayotgan paytda uning uyiga ayiq kirib keldi, deya yozadi «Daily Mail».

Tasodifiy uchrashuv ikkovlon uchun kutilmagan bo‘ldi, lekin yirtqich birinchi bo‘lib qochib ketgan.

Devid Oppengeymer o‘zining hovlisida dam olayotganida, to‘satdan uning oldiga ayiq kirib kelgan. Telefonida kitob o‘qiyotgan Devid ko‘z qiri bilan hayvonni payqab qoldi va qo‘rqib ketdi, bir pozada qotib qoldi.

Biroq, yirtqich odam bilan uchrashishini kutmagan bo‘lsa kerak, bir zum turib juftakni rostlab qolgan. 

Devidning aytishicha, ayiq unga juda yaqin masofaga kelib qolgan.

Amerikalikka ko‘ra, uning hududida ayiqlar tez-tez paydo bo‘ladi, lekin odamga zarar yetkazmagan. 

«Bu meni hayratda qoldirdi», deydi Oppenxaymer o‘z munosabatini.

Xabar qilinishicha, uni qora ayiq bezovta qilgan - hodisa sodir bo‘lgan Shimoliy Karolinada 23 mingga yaqin shunday ayiq bor. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring