Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Usmonovga qarshi ish doirasida «Bavariya» klubida tintuvlar o‘tkazilgan

Usmonovga qarshi ish doirasida «Bavariya» klubida tintuvlar o‘tkazilgan

«Alyans Arena» stadioni va «Bavariya» klubi shtab-kvartirasida Usmonov ishi bo‘yicha tintuv o‘tkazildi, deb xabar bermoqda Bild nashri.

Tintuvlar USM asoschisiga nisbatan soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash va jinoiy daromadlarni legallashtirish bo‘yicha ochilgan ish bilan bog‘liq. Alisher Usmonov «Bavariya»ning faxriy prezidenti Uli Xyoness bilan tanish bo‘lgan va u orqali «Bavariya»ning Chempionlar ligasidagi o‘yinlariga VIP-chiptalar olgan, deb yozadi gazeta.

Germaniya federal jinoyat politsiyasi departamenti va Bavariya jinoyat politsiyasi departamenti xodimlari Myunxendagi «Alyans Arene» va «Bavariya» futbol klubi qarorgohida tintuv o‘tkazgan.

Usmonovning vakili Bild nashri maqolasini izohlar ekan, tergov o‘tkazish uchun hech qanday asos yo‘qligini ma’lum qildi. «Avval aytib o‘tganimizdek, bunday shubhalar asossizdir va soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash haqidagi har qanday taxminlar yolg‘ondir va bu janob Usmonovning obro‘siga putur yetkazadi», - dedi u.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring