Urushda halok bo‘lgan falastinliklar soni 33,7 ming nafardan oshdi
Isroilning Falastin yerlariga davom etayotgan hujumlari natijasida G‘azo sektorida halok bo‘lgan falastinliklar soni 33 ming 729 nafarga yetdi. Bu haqda yakshanba kuni HAMAS nazoratidagi Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lum qildi.
Urushda yaralanganlar soni esa 76 371 kishi.
Sinxua agentligi bergan xabarga ko‘ra, Isroil kuchlari, jumladan, o‘tgan 24 soat ichida 43 falastinlikni o‘ldirgan va 62 kishini yaralagan.
Ayni paytda Isroil moliya vaziri Betsalel Smotrich «Rafahga bostirib kirish va butun G‘azo sektori ustidan nazorat o‘rnatish»ga chaqirgan.
Smotrich X ijtimoiy tarmog‘ida «Isroilning qizil chiziqlaridan voz kechishi va HAMAS bilan bitim tuzish istagi faqatgina garovga olingan isroilliklarni o‘z uylariga qaytarish imkoniyatidan mahrum bo‘lishga olib keladi».
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter