Urush oqibatida kamida 500 nafar ukrainalik bola halok bo‘lgan
Rossiyaning Ukrainaga hujumi oqibatida kamida 500 nafar bola halok bo‘lgan, mingdan ortiq voyaga yetmaganlar yaralangan. Bu haqda Ukraina Bosh prokuraturasi ma’lum qildi.
rasmiy idora bu ma’lumotlar to‘liq emasligini, chunki Rossiya qo‘shinlari tomonidan bosib olingan hududlardan ma’lumot to‘plash qiyinligini eslatib o‘tadi.
Bolalar eng ko‘p Donetsk (485), Xarkov (298), Kiyev (129) va Xerson (118) viloyatlarida jabrlangan.
BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya bosqinining boshlanishidan buyon Ukrainada 9 mingdan ortiq tinch aholi halok bo‘ldi, 16 mingdan ortiq kishi jarohat oldi.
Save the Children bugungi kunda 7,5 million ukrainalik bola jiddiy xavf ostida ekani haqida ogohlantirmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter