Urush boshlanganidan buyon Ukrainada 559 nafar bola halok bo‘ldi

Rossiya raketa zarbasi bergan Kiyevdagi bolalar shifoxonasi.
Rossiya bosqini boshlanganidan buyon Ukrainada 559 nafar bola halok bo‘ldi. Bu haqda Ukraina bosh prokurori ofisi bayonot berdi.
Shuningdek, 1 449 nafar bola turli og‘irlikdagi jarohatlar olgan.
Kecha, dushanba kuni Rossiya Kiyevga raketalar bilan zarba berishi oqibatida 8 va 14 yoshli ikki qiz hamda 8 va 10 yoshli ikki o‘g‘il bola qurbon bo‘ldi. 2 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan 10 nafar bola turli og‘irlikdagi jarohat olgan.
9-iyul ertalab berilgan so‘nggi ma’lumotga ko‘ra, kecha Kiyevga raketa zarbalari berilishi oqibatida halok bo‘lganlar jami soni 27 nafarga, jarohatlanganlar — 117 nafarga yetgan.
Bugun Ukrainada motam kuni e’lon qilingan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter