Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Urush tufayli 14 milliondan ziyod ukrainalik vatanini tark etdi

Urush tufayli 14 milliondan ziyod ukrainalik vatanini tark etdi

Foto: Cronos.Asia

Urush boshlangan 2022-yil 24-fevralidan buyon Ukrainaning 14 325 424  nafar fuqarosi mamlakat hududini tark etdi. Bu haqda BMTning Qochoqlar masalalari bo‘yicha oliy komissari boshqarmasi ma’lumot berdi.

Qochoqlarning 7 708 224 nafari Yevropa mamlakatlariga yo‘l olgan. Vataniga qaytganlar soni — 6 941 852 nafar.

Ukraina bilan qo‘shni davlatlar chegarasini kesib o‘tgan qochoqlar soni:

  • Polsha — 6 947 301
  • Rossiya — 2 852 395
  • Vengriya — 1 589 558
  • Ruminiya — 1 391 826
  • Slovakiya — 867 141
  • Moldova — 660 498
  • Belarus — 16 705

Ukrainalik qochoqlarni qabul qilgan boshqa mamlakatlar:

  • Germaniya — 1 002 668
  • Italiya — 170 646
  • Ispaniya — 147 930
  • Turkiya — 145 000
  • Buyuk Britaniya — 136 600
  • Fransiya — 105 000
  • Avstriya — 84 076
  • Niderlandiya — 79 250
  • Litva — 68 396
  • Shveysariya — 66 812
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring