«Uolt Disney» 28 ming nafar xodimini ishdan bo‘shatmoqda
Pandemiya sababli og‘ir iqtisodiy muammolarga duch kelgan Amerikaning «Walt Disney» kompaniyasi AQShdagi 28 ming nafar xodimini ishdan bo‘shatishini ma’lum qildi. Bu haqda «Bloomberg» agentligi xabar berdi.
«Qanchalik og‘ir bo‘lmasin, bu uzoq davom etayotgan COVID-19 sharoitida biznesimizni saqlab qolishning yagona chorasi», — deya ma’lum qildi kompaniya rahbariyati.
Agentlik xabariga ko‘ra, qisqartirishga tushganlar Disney bog‘lari, sayyohlik kemalari, chakana savdo bo‘limlarida ishlab kelgan xodimlar hamda rahbariyat a’zolari. Ularning aksariyati to‘liq bo‘lmagan ish kunida faoliyat yuritib kelishgan.
Pandemiyaga qadar kompaniyaning Qo‘shma Shtatlardagi xodimlari soni qariyb 100 ming nafar edi.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, AQShda koronavirusni yuqtirganlar jami soni 7,4 milliondan oshdi, bemorlarning 4,6 million nafari sog‘aygan, vafot etganlar soni 200 ming nafardan oshgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter