Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Uning birgina so‘zi bilan urush tugashi mumkin» — Jo Bayden Varshavada nimalar dedi?

«Uning birgina so‘zi bilan urush tugashi mumkin» — Jo Bayden Varshavada nimalar dedi?

Rossiya-Ukraina urushining bir yilligi arafasida AQSh prezidenti Jo Bayden Varshavada nutq so‘zladi.

Bayden bayonotida nimalar dedi? Asosiylarini keltiramiz:

  • Bir yil avval hamma Kiyev qulaydi degandi. Men hozirgina Kiyevdan keldim, ishontiramanki, Kiyev turib beradi, Kiyev kuchli.
  • Ukraina xalqi mard va kuchli. Kutgan yengil g‘alabasi o‘rniga, Putin o‘zidan yongan tanklar va mag‘lub qo‘shinni qoldirdi, qolaversa, NATOning mustahkamlanishiga erishdi. U Yevropa NATOdan voz kechadi deb o‘ylagandi, evaziga NATOdagi Shvetsiya va Finlyandiyali bo‘ldi.
  • Putin energetikadan qurol sifatida foydalanaman deb o‘ylagandi. E yo‘q. Biz bir yoqadan bosh chiqarib, Rossiya energiya resurslariga qaramligimizni pasaytirdik.
  • U (Putin) demokratiya kuchsiz deb o‘ylagandi, evaziga erkin mamlakatlarning temir irodasiga ro‘baro‘ bo‘ldi. U prezident Zelenskiy qiyofasidagi mard insonga to‘qnash keldi.
  • Ukrainaliklarning o‘z mamlakatiga muhabbati baribir g‘alaba qozonadi. Bu kurashga ularning ozodligi tikilgan.
  • Biz Ukrainaga yordam berishdan charchamaymiz.
  • AQSh va Yevropa mamlakatlari, Putin o‘z bayonotida aytayotganidek, Rossiyani yakson qilish yoki nazoratga olishni istamaydi. G‘arb Rossiyaga hujum qilmoqchi ham emas. Millionlab rossiyaliklar qo‘shnilari bilan tinch-totuvlikda yashashni istashadi. Bu urush hech qachon zarurat bo‘lgan emas, bu fojia.
  • Avtokratlarning ishtahalariga bas kelib bo‘lmaydi. Ularga faqat «yo‘q» deyish kerak: «Yo‘q, sen erkimizni olmaysan. Yo‘q, sen mening mamlakatimni olmaysan». Qo‘pol kuch hech qachon ozodlik ruhini sindira olmaydi.
  • Tinchlikparvar millionlab ruslar bizga dushman emas. Bu Putinning tanlovi. Har bir yangi urush kuni — bu Putinning tanlovi, sizniki emas. Uning birgina so‘zi bilan u (urush) tugashi mumkin.
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring