«Uning birgina so‘zi bilan urush tugashi mumkin» — Jo Bayden Varshavada nimalar dedi?
Rossiya-Ukraina urushining bir yilligi arafasida AQSh prezidenti Jo Bayden Varshavada nutq so‘zladi.
Bayden bayonotida nimalar dedi? Asosiylarini keltiramiz:
- Bir yil avval hamma Kiyev qulaydi degandi. Men hozirgina Kiyevdan keldim, ishontiramanki, Kiyev turib beradi, Kiyev kuchli.
- Ukraina xalqi mard va kuchli. Kutgan yengil g‘alabasi o‘rniga, Putin o‘zidan yongan tanklar va mag‘lub qo‘shinni qoldirdi, qolaversa, NATOning mustahkamlanishiga erishdi. U Yevropa NATOdan voz kechadi deb o‘ylagandi, evaziga NATOdagi Shvetsiya va Finlyandiyali bo‘ldi.
- Putin energetikadan qurol sifatida foydalanaman deb o‘ylagandi. E yo‘q. Biz bir yoqadan bosh chiqarib, Rossiya energiya resurslariga qaramligimizni pasaytirdik.
- U (Putin) demokratiya kuchsiz deb o‘ylagandi, evaziga erkin mamlakatlarning temir irodasiga ro‘baro‘ bo‘ldi. U prezident Zelenskiy qiyofasidagi mard insonga to‘qnash keldi.
- Ukrainaliklarning o‘z mamlakatiga muhabbati baribir g‘alaba qozonadi. Bu kurashga ularning ozodligi tikilgan.
- Biz Ukrainaga yordam berishdan charchamaymiz.
- AQSh va Yevropa mamlakatlari, Putin o‘z bayonotida aytayotganidek, Rossiyani yakson qilish yoki nazoratga olishni istamaydi. G‘arb Rossiyaga hujum qilmoqchi ham emas. Millionlab rossiyaliklar qo‘shnilari bilan tinch-totuvlikda yashashni istashadi. Bu urush hech qachon zarurat bo‘lgan emas, bu fojia.
- Avtokratlarning ishtahalariga bas kelib bo‘lmaydi. Ularga faqat «yo‘q» deyish kerak: «Yo‘q, sen erkimizni olmaysan. Yo‘q, sen mening mamlakatimni olmaysan». Qo‘pol kuch hech qachon ozodlik ruhini sindira olmaydi.
- Tinchlikparvar millionlab ruslar bizga dushman emas. Bu Putinning tanlovi. Har bir yangi urush kuni — bu Putinning tanlovi, sizniki emas. Uning birgina so‘zi bilan u (urush) tugashi mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter