Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Umar al-Bashir o‘limga hukm qilinishi mumkin

Umar al-Bashir o‘limga hukm qilinishi mumkin

Foto: TASS

Sudanning sobiq prezidenti, ayni paytda hibsda saqlanayotgan Umar al-Bashir o‘limga hukm qilinishi mumkin, deyiladi «Vz.ru» xabarida. Al-Bashir 1989-yilgi harbiy to‘ntarishda qatnashib, hukumatni ag‘darishda ayblanyapti.

Al-Bashirni hukumat tepasiga olib kelgan 1989-yil 30-iyunidagi harbiy to‘ntarish surishtiruvini olib borish uchun mamlakat bosh prokurori Toj al-Xiber qo‘mita tashkil qildi. Sudan konstitutsion tuzumiga daxl qilganlikda ayblangan harbiylar va fuqarolarni sudga tortishda aynan ushbu tergov natijalari asos bo‘ladi, deyiladi «Independent Online» xabarda.

«Agarda sobiq prezident aybdor deb topilsa, o‘limga hukm qilinishi yoki umrbod qamoq jazosi olishi mumkin», deyiladi nashr xabarida.

Hukumatni to‘ntarib, Sudanni 30 yil boshqargan prezident Al-Bashirning o‘zi ham 2019-yil aprel oyida to‘ntarildi. 2020-yilning 1-yanvar kuni 76 yoshini qarshi oladigan sobiq prezident korrupsiya, pullarni o‘zlashtirish, moliyaviy firibgarlik, chet el fondlari bilan noqonuniy bitimlar tuzish, terrorizmni moliyalashtirish hamda namoyishchilarni o‘ldirishga undash kabi jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring