Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ukrainaning qarzi qanchaga yetgani ochiqlandi

Ukrainaning qarzi qanchaga yetgani ochiqlandi

Ukrainaning davlat qarzi hajmi 2023-yil noyabr oyi oxiriga kelib 5,1 trillion grivnaga (140 milliard dollardan ortiq) yetdi.

Bu haqda Ukrainaning Strana.ua nashri Oliy Rada soliq qo‘mitasi rahbari Daniil Getmansevga tayanib xabar berdi.

«30 noyabr holatiga ko‘ra, davlat va davlat tomonidan kafolatlangan qarz 5,1 trillion grivna yoki 140,8 milliard dollar valyuta yekvivalentiga yetdi», — deyiladi nashr ma’lumotida.

Avvalroq AQSh Mudofaa vaziri Lloyd Ostinning ma’lum qilishicha, urush boshidan beri Qo‘shma Shtatlar rasmiy Kiyevga yordam berish uchun 80 milliard dollardan ortiq mablag‘ ajratgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring