Ukrainalik sobiq deputat Moskvada yo‘q qilindi
Moskva yaqinidagi Suponevo qishlog‘ida Ukraina Oliy Radasining sobiq deputati Ilya Kivaning jasadi topildi, deya xabar bermoqda RIA Novosti.
BBC Ukraina xizmati manbasiga ko‘ra, Kiva ukrain xavfsizlik kuchlari operatsiyasida yo‘q qilingan.
Ukraina tomoni buni tasdiqlab, «Kiva kabi xoinlarni ham shu taqdir kutayotganini» ma’lum qildi.
Kiva 2022-yilda Ukrainani tark etgan. Joriy yilning noyabr oyi o‘rtalarida Lvovning Lichakivskiy sudi uni sirtdan 14 yilga ozodlikdan mahrum qildi. «Muxolifat platformasi» partiyasidan Oliy Radaning sobiq deputati davlatga xiyonat qilish, nafrat uyg‘otish, hokimiyatni egallashga chaqirish va agressiv urush, kommunistik totalitar tuzum belgilaridan ommaviy foydalanishda ayblangan.
Kiva Rossiya hududidan qo‘nim topgandi. U xalqaro qidiruvga berilgan.
Muxolifat platformasiga qo‘shilishdan oldin Kiva kommunist bo‘lgan, keyin Sotsialistik partiyadan prezidentlikka nomzod bo‘lgan. 2014-2015-yillarda u Donetsk va Lugansk viloyatlaridagi harbiy amaliyotlarda qatnashgan va Donbassni majburan ukrainlashtirish tarafdori bo‘lgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter