Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ukrainadagi urush sabab ayrim davlatlarda ocharchilik yuzaga kelishi mumkin

Ukrainadagi urush sabab ayrim davlatlarda ocharchilik yuzaga kelishi mumkin

Foto: Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA

Don mahsulotlari va yoqilg‘i narxining oshishi dunyoning bir qancha mintaqalarida ocharchilikni yuzaga keltirishi mumkin. Bu haqda Guardian nashri ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, global isish va koronavirus pandemiyasi tufayli yuzaga kelgan oziq-ovqat muammosiga Rossiyadan g‘alla eksportining taqiqlanishi, Ukrainadan g‘allani eksport qilish imkoni yo‘qligi ham qo‘shildi. Bu esa jahon bozorlarida don narxining 25 foizga oshishiga olib keldi. Urush yana uzoq vaqt davom etadigan bo‘lsa, jahon bozorlarida g‘alla va oziq-ovqat narxining yanada oshishi kuzatiladi.

Vaziyatni iqlim omillari ham og‘irlashtirmoqda: Kanadada qurg‘oqchilik, Sharqiy Afrikada, aksincha, o‘ta yomg‘irli uch mavsum tufayli don yetishtirishda muammolarga duch kelishdi, bu esa hosilning pasayishiga va chorva mollarining yo‘qolishiga olib keldi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring