Ukrainada yaralangan NTV xodimlaridan biri vafot etdi

Payshanba kuni Gorlovkada og‘ir yaralangan NTV telekanali xodimlaridan biri halok bo‘ldi.
RIA xabariga ko‘ra, operator Valeriy Kojin kasalxonada vafot etgan.
Avvalroq Kojin va muxbir Aleksey Ivliyev komada ekani xabar qilingandi. Ular Rossiya tomonidan bosib olingan hududda, Gorlovka shahri tarkibiga kiruvchi Golmovskiy qishlog‘ida yaralangan.
«Bugun Gorlovkada yaralangan operatorimiz Valeriy Kojin vafot etdi. Shifokorlar uning hayotini saqlab qolish uchun bir necha soat harakat qilishdi, biroq Valeraning jarohatlari og‘ir bo‘lib chiqdi», — deyiladi NTV xabarida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter