Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ukrainada chaqaloqlar savdosi bilan shug‘ullangan bosh shifokor qo‘lga tushdi

Ukrainada chaqaloqlar savdosi bilan shug‘ullangan bosh shifokor qo‘lga tushdi

Foto: «RIA Novosti»

Ukraina Ichki ishlar vazirligi Xitoyda yangi tug‘ilgan chaqaloqlar savdosi bilan shug‘ullangan jinoiy tarmoqni fosh etdi. Bu haqda muassasa boshlig‘i o‘rinbosari Anton Geraщyenko o‘zining «Facebook»dagi sahifasida ma’lum qildi.

Tarmoqni xususiy reproduktiv klinika bosh shifokori, ukrainalik ayol o‘zining o‘g‘li bilan birgalikda tashkil etgan. Bolalar savdosi tizimiga yana Xitoyning uch nafar fuqarosi bilan ikki nafar ukrainalik jalb etilgan. Ular qanday vazifani bajarganligi o‘rganilmoqda. Go‘daklarni yolg‘iz xitoyliklar sotib olishgan, deyiladi vazirlikda.

Buning uchun ular donorlardan homilador bo‘lgan bolalarni dunyoga keltirgan ukrainalik surrogat onalar xizmatidan foydalanishgan. Tug‘ilganlik haqida guvohnoma Xitoydagi xaridorlar va ularning soxta ayollari nomiga rasmiylashtirilgan. Shu tariqa Xitoy Xalq Respublikasi fuqarolari kelib, bolani mamlakatdan olib ketish huquqini qo‘lga kiritishgan.

Geraщyenkoning so‘zlariga ko‘ra, jinoiy yo‘l bilan sotilgan go‘daklarning soni aniq emas. Ushbu tizimda ishtirok etgan 140 nafar xitoylikka nisbatan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ukrainada surrogat onalik qonun bilan tartibga solinmagan. U qonun bilan taqiqlanmagan ham. Tegishli shartnomalar esa fuqarolik-huquqiy bitimlar namunasiga ko‘ra tuziladi. Bunday hujjatlarni notarial tasdiqlash esa talab etilmaydi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring