Ukraina va Rossiya o‘rtasida navbatdagi mahbuslar almashinuvi bo‘lib o‘tdi

Moskva Kiyev bilan olib borgan muzokaralar natijasida 110 nafar rossiyalik harbiy Ukraina nazorati ostidagi hududdan qaytib keldi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi o‘zining rasmiy Telegram kanalida xabar berdi.
Joriy yilning 17-oktyabr kuni muzokaralar jarayoni natijasida Kiyev rejimi nazorati ostidagi hududdan 110 nafar Rossiya fuqarosi, shu jumladan 2022 yil fevralidan buyon Kiyev rejimi tomonidan ushlab turilgan fuqarolik kemalaridan 72 nafar rossiyalik dengizchi qaytarildi.
Ukraina Qurolli Kuchlarining 108 nafar ayol harbiy xizmatchisi Ukraina tomoniga o‘tkazilgan. Ikki ukrainalik ayol almashinuv oldidan ixtiyoriy ravishda Rossiya Federatsiyasida qolishni istab, Ukrainaga qaytishdan bosh tortgan.
Muloqot Rossiya Federatsiyasidagi Inson huquqlari bo‘yicha vakil Tatyana Moskalkovaning shaxsan ishtirokida bo‘lib o‘tgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter