Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ukraina urushdagi barcha «qizil chiziqlar» yo‘q bo‘lgani haqida bayonot berdi

Ukraina urushdagi barcha «qizil chiziqlar» yo‘q bo‘lgani haqida bayonot berdi

Ukraina mojarosida endi hech qanday cheklovlar qolmadi va uning kuchayishi boshlandi. Bu haqda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy devoni rahbari maslahatchisi Mixail Podolyak o‘zining Telegram-kanalida yozdi.

«Urush allaqachon katta mojaroga aylanib bo‘ldi. Kechagi qizil chiziqlarning hammasi yo‘qoldi. Kecha tasavvur qilib bo‘lmaydigan bo‘lib tuyulgan hamma narsa allaqachon haqiqatdir. Eskalatsiyami? Ha», - dedi Podolyak.

Podolyakning bayonoti bir qator G‘arb davlatlari o‘z qurollari bilan Rossiya hududidagi hujumlarga qo‘yilgan cheklovlarni bekor qilganidan keyin yangradi.

Shu bilan birga, Ukraina vakillaridan farqli o‘laroq, NATO davlatlari hozirda mojaroni kuchaytirish uchun hech qanday sabab ko‘rmayapti. Bu haqda, xususan, Germaniya federal kansleri Olaf Shols aytib o‘tdi. Uning ta’kidlashicha, Ukraina Qurolli kuchlariga tegishli ruxsatnoma berish qarori ehtiyotkorlik bilan va hamkorlar bilan maslahatlashgan holda qabul qilingan.

Eslatib o‘tamiz, qator Yevropa davlatlari va AQSh o‘z qurollari bilan Rossiya hududiga zarba berilishini ma’qulladi. Rossiya esa bu mojaroni yanada kuchaytirishini ta’kidladi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring