Ukraina urush boshlangandan beri G‘arbdan qancha mablag‘ olgani ochiqlandi
Ukraina Milliy banki rahbari Kirill Shevchenkoning ma’lumot berishicha, urush boshlanganidan beri rasmiy Kiyev G‘arb davlatlaridan 12,7 milliard dollarlik moliyaviy yordam olgan.
Bu haqda «Ukrinform» xabar bermoqda.
«Ukraina iyun-iyul oylarida eng katta yordamni oldi, bu 6 milliard dollardan oshadi», deydi u.
Shevchenko shuningdek, Ukrainaga G‘arb davlatlaridan e’lon qilingan yordamning umumiy hajmi 27 milliard dollarni tashkil etishini aytdi.
Barcha ajratilgan mablag‘lar budjetning asosiy ehtiyojlarini qondirishga yo‘naltirilgan.
Eslatib o‘tamiz, kecha Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy reanimatsiyaga tushgani bo‘yicha xabar tarqalgan, uning o‘zi bu ma’lumotni rad etib, Rossiyani feyk axborotda ayblagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter