Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ukraina tomoni Lukashenkoga javob berdi

Ukraina tomoni Lukashenkoga javob berdi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy devoni maslahatchisi Mixail Podolyak Belarus rahbari Aleksandr Lukashenkoning Ukrainada harbiy harakatlarni to‘xtatish haqidagi taklifini «bema’nilik» deb atadi.

Javob Podolyakning Tvitter sahifasida berildi.

«Har qanday sulh Rossiya Federatsiyasi bosib olingan hududlarida qolish huquqini anglatadi. Bu mutlaqo qabul qilinishi mumkin emas. Ukraina o‘z hududi bo‘ylab o‘z qo‘shinlari va texnikasini o‘zi xohlagancha olib o‘tishga haqli», — deya ta’kidladi Podolyak va bunday takliflarni bildirganlarni «g‘alati tinchlikparvarlar» deb atadi.

Ta’kidlash joizki, 19 mart kuni Podolyak Xitoyning Ukrainadagi kelishuv bo‘yicha tinchlik rejasi qarama-qarshiliklarga to‘la ekanini, rejada «muvozanatli mantiq» yo‘qligini aytgandi.

Eslatib o‘tamiz, bugun Aleksandr Lukashenko xalq va parlamentga murojaati chog‘ida Ukrainada sulh e’lon qilishga chaqirgandi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring