Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ukraina Rossiya bilan transport aloqalarini 50 yilga taqiqlamoqchi

Ukraina Rossiya bilan transport aloqalarini 50 yilga taqiqlamoqchi

Ukraina hukumati Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashiga Rossiya bilan har qanday transport aloqalarini 50 yil muddatga taqiqlash taklifini kiritdi.

Bu haqda Ukrainaning «Ekonomicheskaya pravda» nashri yozmoqda.

Qarorda Ukraina va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri havo qatnovini ellik yil muddatga taqiqlash taklif qilinmoqda, shuningdek, rossiyaliklar ham Ukraina havo hududidan foydalana olmaydi.

Bundan tashqari, Rossiya Federatsiyasida ro‘yxatdan o‘tgan avtotransport vositalarining Ukrainaga kirishi ham taqiqlanadi. Rossiya bilan aloqador shaxslar uchun temir yo‘l harakatining barcha bojxona rejimlarida taqiq joriy etilmoqda. Taqiq dengiz va daryo transportiga ham tegishli.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring