Ukraina Rossiya bilan muzokaralarga tayyorligini ma’lum qildi
Ukraina Rossiya tomoni bilan muzokaralar olib borishga tayyor, dedi Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba Xitoy tashqi ishlar vaziri Van Yi bilan suhbatda.
«Ukraina tomoni Rossiya bilan muloqot va muzokaralar olib borishga tayyor. Albatta, muzokaralar oqilona va adolatli hamda mustahkam tinchlikka erishishga qaratilgan amaliy ahamiyatga ega bo‘lishi kerak», — dedi Kuleba.
Kuleba urush boshlanganidan beri birinchi marta Xitoyga bordi va shu davrda Pekinga tashrif buyurgan eng yuqori martabali ukrainalik rasmiyga aylandi.
Muzokaralar chog‘ida Van Yi ukrainalik hamkasbiga Ukrainadagi mojaroni hal qilish uchun muzokaralar stolida o‘tirish kerakligini ham aytgan.
Reuters agentligining qayd etishicha, ularning suhbati uch soatdan ortiq davom etgan.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya hukumati tinchlik muzokaralarini boshlash uchun bir nechta shartlarni qo‘ymoqda: xalqaro sanksiyalarni bekor qilish, Ukraina Donbass, Xerson va Zaporoje viloyatlariga da’vo qilishdan voz kechishi, shuningdek, Rossiyaning ushbu hududlardagi suverenitetini tan olish. Shuningdek, boshqa bir qancha talablar ham bor. Ukraina tomoni bu shartlarni ultimatum deb atamoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter