Ukraina Rossiya bilan chegara bo‘yicha kelishuvni bekor qildi

Ukraina Rossiya Federatsiyasi bilan chegara hududlarida hamkorlik to‘g‘risidagi bitimdan chiqdi. Bu haqda Ukraina hukumatining Oliy Radadagi vakili Taras Melnichuk o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.
U ushbu hujjat 1995-yil 27-yanvarda Xarkovda imzolanganini eslatdi.
Melnichuk, shuningdek, mamlakat Belarus bilan o‘simlik navlarini davlat sinovidan o‘tkazish va himoya qilish sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi kelishuvdan chiqqanini aytdi. Gap 2004-yil 21-mayda Minskda imzolangan hujjat haqida bormoqda.
21-aprel kuni Ukraina favqulodda vaziyatlarning oldini olish borasida Belarus Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan hamkorlikni bekor qilgani xabar qilingan edi.
Eslatib o‘tamiz, Ukraina Rossiya bilan 2022-yil 24-fevralda diplomatik aloqalarni uzgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter