Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ukrainada ikki general va bir podpolkovnik qo‘lga olindi

Ukrainada ikki general va bir podpolkovnik qo‘lga olindi

Ukraina Davlat tergov byurosi 2024-yilda ruslarga Xarkov viloyatining bir qismini bosib olishga yo‘l qo‘yib bergan generallarni hibsga oldi.

Davlat tergov byurosi (DTB) Ukraina Xavfsizlik xizmati bilan birgalikda Rossiya harbiylariga Xarkov viloyati hududining bir qismini bosib olishga imkon berishda gumon qilinayotgan sobiq qo‘mondonlar: ikki general va bir polkovnikni hibsga oldi. 

Bundan tashqari, Davlat tergov byurosining xabar berishicha, qo‘mondonlarning xatti-harakatlari shaxsiy tarkib va ​​qurol-yarog‘larning yo‘qolishiga olib kelgan va ular javobgar bo‘lgan hududda davlat chegarasini himoya qilish choralarini buzgan.

"Ukraina haqiqati" nashrining yozishicha, gap brigada generali Yuriy Galushkin, general-leytenant Artur Gorbenko va polkovnik Ilya Lapin haqida ketmoqda. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring