Ukraina Yevropaning uch davlatini sudga berdi
Rasmiy Kiyev Ukraina donining importiga qo‘yilgan taqiqni bekor qilishdan bosh tortgan Yevropaning uch davlatiga qarshi Jahon savdo tashkilotiga (JST) da’vo arizasi berdi. Bu haqda Ukraina Iqtisodiyot vazirligi saytida xabar berildi.
Bayonotda rasmiylar Polsha, Slovakiya va Vengriyaga qarshi sudga da’vo qilgani ko‘rsatilgan. Shu bilan birga, Ukraina bosh vaziri o‘rinbosari Yuliya Sviridenko bu masala Kiyev rasmiylari uchun o‘ta muhim ahamiyatga ega ekanligini ta’kidladi.
«Biz uchun ayrim davlatlar Ukraina tovarlari importini taqiqlay olmasligini isbotlash muhim. Shuning uchun biz ularga qarshi JSTga da’vo arizalarini topshirmoqdamiz», — deya izoh berdi u.
Shunga qaramay, hukumat rahbari o‘rinbosari Varshava, Bratislava va Budapesht o‘z qarorini qayta ko‘rib chiqishiga umid bildirdi. Bosh vazir o‘rinbosari rasmiy Kiyev «sudlardagi o‘zaro qarama-qarshilik»dan qochishini istashini aytdi.
Sviridenko shuningdek, Ukraina hukumatiga Yevropa davlatlari bilan birdamlik zarurligini va ular fermerlar manfaatlarini himoya qilishdan manfaatdor ekanini ta’kidladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter