Ugandalik yigit Putindan uni o‘g‘il qilib olishini so‘radi
Butunjahon yoshlar festivalida Rossiya prezidenti Vladimir Putin va xorijlik talabalar o‘rtasidagi suhbat chog‘ida ugandalik Devis Akampurira Rossiya rahbariga uni o‘g‘il qilib asrab olish iltimosi bilan murojaat qildi.
Talaba Putinga Afrika xalqlari va Rossiya munosabatlari haqida savol berdi.
Va yakunida u shunday dedi: «Aytmoqchimanki, men Afrikadan sizning o‘g‘lingiz bo‘lishni juda xohlardim, chunki siz mening ustozim bo‘lar edingiz, janob Prezident».
Bunga javoban Rossiya prezidenti ugandalik yigitga «o‘g‘lim» deya murojaat qildi.
«O‘g‘lim, senga nima deyman?» – javoban hazil qilgan Putin. — «Men senga nafaqat o‘g‘lim sifatida, balki prezident sifatida ham murojaat qilmoqchiman — sen endi talabalar kasaba uyushmasi prezidentisan».
Suhbat yakunida Putin «asrab olingan» ishtirokchi va yana bir italiyalik yigitga murojaat qilib, ikkalasini ham sahnaga chiqishini taklif etgan.
Taklifdan so‘ng yoshlar sahnaga ko‘tariladi va Putin bilan birgalikda suratga tushishadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter