Uchuvchilar yoqalashgani bois Parij – Moskva reysi kechikdi
Kirillning aytishicha, «Sharl-de-Goll» aeroportidan «Sheremetevo»ga yo‘l olgan laynerda ekipaj a’zolari orasida kelib chiqqan janjaldan yo‘lovchilarni xabardor qilishgan.
Soat 12:45 da parvoz qilishi kerak bo‘lgan Parijdan Moskvaga yo‘l olgan «Air France» aviakompaniyasiga qarashli yo‘lovchi samolyoti bortdagi muammo tufayli uchish punktiga ikki marta qaytgan. Bu haqda yo‘lovchilardan biri «Beshinchi kanal»ga xabar bergan.
«5-tv.ru» guvohi Kirill Fon Xoffmanning so‘zlariga ko‘ra, layner uchish yo‘lagiga chiqqanda yo‘lovchilar uchuvchi kabinasidan baqir-chaqirni eshitishgan. Ko‘p o‘tmay samolyot terminalga qaytgan.
«Samolyotga chiqishimiz cho‘zilib ketdi, reysimiz kechikdi. Oxir-oqibat, samolyotga joylashib, endi uchish yo‘lagiga chiqa boshlaganimizda uchuvchilar kabinasidan qandaydir baqir-chaqirlar eshitila boshladi. Shundan so‘ng samolyotimiz terminalga qaytdi va rus, fransuz va ingliz tillarida uchuvchilar kabinasida janjal kelib chiqqani va ekipaj almashtirilgandan so‘ng parvoz davom ettirilishi e’lon qilindi», — deydi yigit.
Ekipaj almashtirilgach samolyot havoga ko‘tarildi, biroq bir soat parvozdan so‘ng salondagi sovuq tufayli Parijga qaytdi.
«Biz juda tez yuqoriga ko‘tarildik. Salon nihoyatda sovuq edi, illyuminatorlar muzlab qolgandi, o‘tirib bo‘lmay qoldi, nafas olish qiyinlashdi. 1-1.30 soat parvozdan so‘ng bizga reys «Sharl-de-Goll» aeroportiga shoshilinch qaytishini xabar qilishdi, — deydi Kirill.
Biroq keyinchalik yo‘lovchilarni baribir boshqa laynerga ko‘chirishdi va Moskvaga yetkazishdi. Biroq, Kirillning aytishicha, ko‘pgina yo‘lovchilar tutash reyslarga ulgurmagan va chiptalarini yo‘qotishgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter