O‘g‘irlab ketilgan uch million dollarlik noyob kitoblar Ruminiyada topildi
Ruminiya shimoli-sharqidagi Nyams tumanidagi bir qishloq uyi ostida yashirib qo‘yilgan noyob kitoblar xazinasi topildi.
Dantening asarlarining kamyob nashrlari, Fransisko de Goyyaning chizmalari, Galiley va Nyutonning XVI va XVII asrlarga mansub qo‘lyozmalari — hammasi uyning poli ostiga yashirib qo‘yilgan edi.
Topilgan kitoblarning umumiy qiymati 3 million dollardan yuqoriroq.
Xabarga ko‘ra, ushbu kitoblar 2017-yil yanvarida Las-Vegasdagi auksionga jo‘natilishi arafasida Londondan o‘g‘irlab ketilgan edi.
Qidiruvlar kitob o‘g‘rilari Ruminiyadagi uyushgan jinoiy guruh a’zolari ekanini ko‘rsatdi va oradan uch yil o‘tib, o‘nlab tintuvlardan so‘ng kitoblar topildi.
Albatta, bular juda qimmat kitoblar, ammo umuminsoniy madaniy meros sifatida mutlaqo bebaho, deya politsiya topilmaning ahamiyati kattaligiga e’tibor qaratgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter