Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tuya qilib ketmadik — tuya sotib oldik. Daniya parlamenti yig‘ilishidagi kulgixonlik (video)

Tuya qilib ketmadik — tuya sotib oldik. Daniya parlamenti yig‘ilishidagi kulgixonlik (video)

Foto: CGTN

Daniya bosh vaziri Mette Frederiksen ma’ruza qilgan yig‘ilishda parlament a’zolari o‘zlarini kulgidan to‘xtata olishmadi. Hatto bosh vazirning o‘zi ham...

Frederiksen hukumat qanday qilib to‘rtta fil va bitta tuyani sotib olganini hikoya bergandi.

Gap shundaki, Daniya hukumati sirklardagi o‘rgatilgan oxirgi to‘rtta filni sotib olishga 1,5 million yevro to‘lashga tayyor. Shimoliy Yevropadagi eng yirik, Kopengagendan 150 kilometr janubda joylashgan Knutenborg safari-parki ham pensioner-fillarni qabul qilishga  rozi. Aytishlaricha, fillar umrining oxirgi yillarini yaxshi o‘tkazishi uchun bu yerda barcha sharoitlar muhayyo.

Ammo... Daniya bosh vazirining aytishicha, fillardan birining do‘sti — tuya ham bor ekan. Ana shu do‘stlarni bir-biridan ajratmaslik uchun tuyani ham qo‘shib sotib olishibdi. Hikoyasining shu joyiga kelganida Frederiksen beixtiyor kulib yubordi, unga zal ham jo‘r bo‘ldi...

«Pullarni tuya qilib ketibdi» degan ibora daniyaliklarda ham bor, shekilli, buyoqda bosh vazir fillarga qo‘shib tuya ham sotib olinganini uqtirmoqchi, chindan ham kulgili...

Frederiksen tuyani sotib olish qarorini qo‘llashgani uchun o‘ta o‘ng qanotchilarga ham minnatdorlik bildirdi.

Kulib, yengillashib olgan parlamentariylar keyin boshqa muhim masalalar muhokamasiga o‘tishgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring