Turkmanistonda yangi Arqadag‘ shahri qurildi
Turkmanistonda ilk «aqlli» — Arqadag‘ shahri ochiladi. U «aqlli shahar» konsepsiyasi asosida qurilgan. Tashabbus sobiq prezident Gurbanguli Berdimuhamedovga tegishli.
Davlat rahbari Serdar Berdimuhamedov tegishli qarorni Arkadag shahrida bo‘lib o‘tgan hukumat yig‘ilishida imzoladi.
Arqadag‘ shahri Ashxoboddan 30 kilometr janubi-g‘arbda joylashgan. Uning qurilishi to‘rt yil avval o‘sha paytdagi prezident Gurbanguli Berdimuhamedov tashabbusi va ishtirokida boshlangan edi. U mamlakatda ekologik toza transportga ega birinchi «aqlli» shaharni qurishni rejalashtirgan. Shuningdek, Arqadag‘da «aqlli» avtoturargohlar, quyosh panellari, shamol turbinalari va boshqalar bo‘ladi.
Qurilish 3,3 milliard dollarga tushdi. Bu faqat birinchi bosqichi. Ikkinchi bosqich qurilishi ham rejalashtirilgan. Shaharda davlat arxivi, shu nomdagi telekanal, gazeta va futbol klubi faoliyat yuritmoqda.
Arqadag‘ning ochilishi 29 iyun, Turkman xalqi milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq kengashi raisi Gurbanguli Berdimuhamedovning tug‘ilgan kunida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter