Turkmaniston Moskvaga aviaparvozlarni bekor qilmoqda
Turkmaniston Ashxoboddan Moskvaga ikki tomonlama parvozlarni to‘xtatganini ma’lum qildi.
Buning o‘rniga kompaniya samolyotlari Qozon shahriga uchadi.
«Moskva zonasidagi havo yo‘llari holati munosabati bilan, shuningdek, parvozlar xavfsizligini ta’minlash maqsadida «Turkmaniston havo yo‘llari»ning Ashxobod-Moskva-Ashxobod yo‘nalishida parvozlarni amalga oshiruvchi barcha reyslari to‘xtatiladi va Ashxobod-Qozon-Ashxobod yo‘nalishida amalga oshiriladi», deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, so‘nggi vaqtlarda Moskvaga dronlar hujumi ko‘payib bormoqda. 1-avgust kuniga o‘tar kechasi «Moskva Siti» biznes markaziga dronlar hujumi uyushtirildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter