Turkiyalik erkak 24 yildan buyon sevgilisini bekatda kutmoqda
Turkiyalik erkak 24 yildan buyon o‘zi sevib qolgan ayolni avtobus bekatida kutyapti. Bu haqda Haber7 portali xabar berdi.
Sinoplik 48 yoshli Ejevit Okyuzjyuni mahalliy aholi «Oshiq Ejevit» deb ataydi. Qariyb chorak asrdirki, u yo‘l yoqasidagi avtobus bekatida sevgilisini kutmoqda. U hamon umidini uzmagan, shuning uchun har kuni, hatto eng qahratonda ham shu yerda.
Shu yo‘ldan muntazam qatnovchi yuk mashinasi haydovchisi Sevgi Altinol oshiqqa rahmi kelib, kichkina konteyner uycha sovg‘a qildi, har holda sovuqdan pana qiladi. Haydovchi boshqalarni ham yolg‘iz oshiqqa yordam berishga chaqirdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter