Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Turkiyaga borishga qo‘yilgan majburiyat bekor qilindi

Turkiyaga borishga qo‘yilgan majburiyat bekor qilindi

Foto: Xabar.uz

Pandemiya tufayli Turkiyaga borishga qo‘yilgan majburiyat bekor qilingan. Bu haqda O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligi xabar bermoqda.

Turkiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi bergan ma’lumotga ko‘ra, Turkiya joriy yilning 1 iyunidan boshlab barcha chegara nazorat nuqtalaridan Turkiyaga kirib kelishda ko‘pi bilan 72 soat avval o‘tkazilgan salbiy natijali PSR-test tahlili yoki kechi bilan 48 soat mobaynida o‘tkazilgan salbiy antigen test tahlilini o‘tkazish majburiyati bekor qilgan.

Turkiya sog‘liqni saqlash vazirligi boshqa shartlar (emlanganlik yoki tuzalganlik ma’lumotnomasini taqdim etish) ham bekor bo‘lganini ma’lum qilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring