Turkiyada sel ko‘priklarni buzib, mashinalarni oqizib ketdi
Turkiyaning turizm maskani — Antaliya viloyatida so‘nggi 50 yildagi eng ko‘p yomg‘ir yog‘ishi oqibatida ayrim aholi maskanlarini sel bosdi.
Eng ko‘p talafot ko‘rgan Komluja shahri bo‘ldi: yomg‘ir suvlari binolarning birinchi qavatlariga jiddiy ziyon yetkazdi. 12-dekabrga o‘tar kechasi yomg‘ir va momaqaldiroq kuchayib, shahar o‘rtasidan o‘tuvchi Gavur irmog‘i o‘zaniga sig‘masdan, Komluja ko‘chalarini to‘ldirgan.
Bugun Komluja va Finike shaharlarida boshlang‘ich va o‘rta sinflar uchun darslar qoldirildi. Aholiga zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmaslik tavsiya qilindi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter