Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Turkiyada kuchli yong‘inlar: politsiya yetti kishini qo‘lga oldi

Turkiyada kuchli yong‘inlar: politsiya yetti kishini qo‘lga oldi

Turkiyada kuchli o‘rmon yong‘inlari bo‘lmoqda,  oqibatda yetti kishi ushlandi

Turkiya huquq-tartibot idoralari xodimlari respublikaning g‘arbiy va shimoli-g‘arbidagi o‘rmon yong‘inlariga aloqadorlikda gumon qilib, yetti kishini qo‘lga oldi.

Bu haqda Turkiya Ichki ishlar vazirligi rahbari Ali Yerlikayning ijtimoiy tarmoqdagi xabarida aytiladi.

16 avgust kuni yong‘inlar milliondan ortiq kishi yashaydigan Izmir shahrigacha yetib borgan.

Izmir viloyati va Qarsiyaka chekkasida to‘rt nafar gumondor hibsga olingan. Bungacha Turkiya qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Yumakli avvalroq hududdagi yong‘inga odamlar sayr qilish uchun yoqqan olov sabab bo‘lganini aytgan. 

Ayni damda beshta viloyat: Izmir, Oydin, Mug‘la, Manisa va Boluda yong‘inlar o‘chirilmoqda. Tabiiy ofatga qarshi kurashish uchun 42 ta vertolyot va 11 ta samolyot, shuningdek, 366 ta yer osti vositalari jalb etilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring