Turkiyada josuslikda gumonlangan amirliklar fuqarosi o‘z joniga qasd qildi
Turkiyada josuslikda gumonlanib ushlangan amirliklar fuqarosi qamoqxonada o‘z joniga qasd qildi. Bu haqda TASS bugun, 29-aprel kuni «Habertürk» telekanaliga asoslanib xabar berdi.
Josuslikda gumondor Istanbuldagi Silivri qamoqxonasida tutib turilgandi. Uning jasadini o‘z kamerasida topishgan.
Turkiya xavfsizlik kuchlari 19-aprel kuni Birlashgan Arab Amirliklari foydasiga josuslik qilganlikda gumon qilingan ikki kishini Istanbulda hibsga olgandi. Tergov davomida ulardan birining saudiyalik jurnalist Jamol Qoshiqchining o‘limiga aloqadorligi o‘rganilayotgan edi. Ikkinchi gumondor haqida turk telekanali ma’lumot bermagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter