Turkiyada favqulodda holat rejimi bekor qilinmoqda
«Turkiya bosh vaziri Binali Yildirim mamlakatda 2016-yilgi davlat to‘ntarishiga urinishdan keyin joriy etilgan favqulodda holat rejimi bekor qilinishini ma’lum qilgan. Bu ish joriy yilning 9-iyul kuni Vazirlar mahkamasining yangi tarkibi tasdiqlangandan keyin amalga oshiriladi», — deya xabar berdi «Aif.ru».
Shuningdek, Yildirimning so‘zlariga ko‘ra juma kuni favqulodda holat bekor qilingach, terrorizmga qarshi kurashish bo‘yicha farmon imzolanishi rejalashtirilmoqda.
2016-yil iyul oyida Turkiyada davlat to‘ntarishiga urinish bo‘lgan va unda AQShda yashayotgan Fathulloh Gulan boshchiligidagi muxolifatchilar ayblangandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter