Turkiyada birinchi koronavirus holati tasdiqlandi
Turkiyada koronavirusni yuqtirish holati ilk bor tasdiqlandi, deb yozadi «Daily Sabah» gazetasi.
Turkiya sog‘liqni saqlash vaziri Faxrettin Kojaning ma’lum qilishicha, bemor — yaqinda Yevropadan qaytib kelgan erkak kishi hisoblanadi.
Yangi koronavirus dunyo bo‘yicha 100 mingdan ortiq insonni zararladi, ularning aksariyati sog‘ayib ketishdi, qariyb 4 ming kishi hayotdan ko‘z yumdi.
Koronavirus ilk bor o‘tgan yili dekabr oyida Xitoyning Uxan shahrida qayd etilgandi. Yevropada koronavirus, ayniqsa, Italiyada ko‘p tarqalmoqda. Fransiya va Germaniyada ham vaziyat murakkab.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter