Turkiya uchuvchisiz qiruvchi samolyotining yakuniy sinovlarini o‘tkazdi
«Kaan» («Xon») milliy jangovar samolyoti hamda «Kızılelma» («Qizil olma») uchuvchisiz qiruvchi uchog‘i bugungi kunda turk samolyotsozlik sanoatining asosiy ikki mahsuloti hisoblanadi. Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on «Baykar» kompaniyasi tomonidan yaratilayotgan «Kızılelma»ning yakuniy sinovlari tugaganini e’lon qildi, deb xabar bermoqda «Anadolu» agentligi.
Turkiyalik muhandislar oldida mazkur uchuvchisiz uchish qurilmasi uchun mahalliy dvigatel ishlab chiqarish muammosi turibdi. Ta’kidlanishicha, bu jarayon taxminan besh yilni talab etadi.
Shu bilan birga, Erdo‘g‘on bu borada xorijiy yetkazib beruvchilarga tayanish xavf tug‘dirishi, chunki ba’zi davlatlar o‘z va’dalarini bajarmaganligini eslatgan.
«Kızılelma» loyihasi ustida ishlar 2013 yildan beri davom etmoqda. Dron turboventilyatorli dvigatel bilan jihozlangan. Dastlab u Ukrainaning «Ivchenko-Progress» korxonasidan olinishi rejalashtirilgandi, biroq Ukraina yuqori texnologiyali ishlab chiqarish sohasidagi vakolatlarini yo‘qotganligi sababli Anqara yangi yetkazib beruvchi izlashga majbur bo‘ldi.
Dronning maksimal uchish og‘irligi 6 tonna, yuk ko‘tarish quvvati 1,5 tonna. Dron dushman va uning ob’yektlarini yo‘q qilish uchun havo-havo raketalari, havo-yer raketalari va bombalarni qo‘llay oladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter