Turkiyada koronavirusga qarshi eng qattiq cheklov choralari kiritilmoqda
Turkiyada koronavirusga qarshi eng qattiq cheklov choralari kiritilmoqda — aksariyat muassasalar yopiladi, hududlararo harakatlanish to‘xtatiladi. Bu haqda mamlakat prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on bayonot berdi.
29-aprel soat 19:00 dan 17-may soat 05:00 ga qadar to‘liq lokdaun e’lon qilinadi. Barcha ishxonalar (IIV tavsiyasiga ko‘ra istisno qilinganlaridan tashqari) yopiladi.
Turkiyada 29-apreldan 17-maygacha:
- Shaharlararo harakatlanishlarga cheklov joriy etiladi, hududlararo harakatlanish uchun maxsus ruxsatnoma talab etiladi;
- Maktablar va bolalar bog‘chalari to‘liq yopiladi;
- Jamoat transporti to‘lish darajasi 50 foizdan ortishi mumkin emas;
- IIV maxsus ro‘yxatidan tashqari barcha muassasalar yopiladi.
Erdo‘g‘onga ko‘ra, shaharlar o‘rtasida qatnov maxsus ruxsatnoma bilan amalga oshadi, lokdaun mehmonxonalarga ham taalluqli.
Barcha ishxonalar yopiladi, faqat eng zarur xizmatlar faoliyatini davom ettiradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter