Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Turkiya tojikistonliklar uchun vizasiz rejimni bekor qildi

Turkiya tojikistonliklar uchun vizasiz rejimni bekor qildi

Tojikiston fuqarolari endi Turkiyaga vizasiz bora olishmaydi. Bu haqdagi qaror Turkiya Prezidenti tomonidan 4-aprel, payshanba kuni imzolandi.

Resmi gazete nashri e’lon qilgan hujjatga ko‘ra, Turkiya tomoni Tojikiston fuqarolari uchun vizasiz rejimni bekor qilgan.

«6458-sonli «Chet elliklar va xalqaro himoya to‘g‘risida»gi qonunning 18-moddasiga muvofiq, oddiy tojik pasporti egalarining Turkiyaga safari chog‘ida vizasiz rejimni bekor qilishga qaror qilindi», – deyiladi hujjatda.

Qaror sabablari aytilmagan.

Ma’lumot uchun, 22-mart kuni Moskva yaqinidagi Krokus Siti Xollda sodir etilgan teraktdan so‘ng Turkiya hujum uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olgan IShID tarafdorlariga qarshi bir necha bor reydlar o‘tkazdi. Hürriyet gazetasining xabar berishicha, qo‘lga olinganlar orasida 37 yoshli Tojikiston fuqarosi ham bo‘lgan. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring